Arteta “Arsenal" boshqaruvidagi 100-o'yinini o'tkazdi

Eldor Akmurzayev
8 noya 2021, 08:10
APL 11-turida “Arsenal” o'z maydonida “Uotford” ustidan minimal g'alabaga erishdi va turnir jadvalida kuchli beshlikka qaytdi.

Bu “to'pchilar” ustozi Mikel Arteta uchun jamoa boshqaruvidagi yubiley 100-o'yin bo'ldi. Londonliklar ispaniyalik mutaxassis qo'l ostida 56 g'alabani qo'lga kiritib, 18 marta durang o'ynagan va 26 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. To'plar nisbati – 173:105.

Arteta 2019 yildan beri “Arsenal”ni boshqarib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: arsenal.com