"Arsenal"ning yoshlar jamoasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
23 may 2021, 13:54
Ushbu mavsumni juda yomon o'tkazgan "Arsenal" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Stiv Bould iste'foga chiqarildi.

Qayd etish kerak, "kanonirlar" yoshlari ushbu mavsum Premer-liga 2'da 10-o'rinni egalladi. Mavsum o'rtasida jamoa ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotgandi.

Stiv "Arsenal"ning 23 yoshgacha bo'lgan jamoasini 2019 yilning yozidan buyon boshqarayotgandi. Bunga qadar u 7 yil davomida "Arsenal"ning asosiy jamoasi murabbiylar shtabida Arsen Venger va Unai Emeri kabi mutaxassislar bilan ishlagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal