

Londonliklar shartnomani uzaytirishga yaqin.
Amaldagi shartnoma muddati 2024 yilda tugaydi. "Arsenal" uni 2027 yilgacha uzaytirmoqchi.
"Arsenal" Salibani 2019 yilda "Sent-Eten"dan 30 million evroga sotib olgandi.
21 yoshli futbolchi APL ushbu mavsumida 8 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Arsenal" esa Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda.



