"Arsenal" Saka bilan shartnomani uzaytirmoqchi

14 fev 2020, 04:00
Londonning "Arsenal" klubi jamoa hujumchisi Bukayo Saka bilan hamkorlikni davom ettirmoqchi.

"To'pchilar" mutasaddilari allaqachon 18 yoshli angliyalik futbolchi bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Sakaning amaldagi shartnomasi yana 18 oyga amal qiladi. U bugungi kunda haftasiga 3000 funt maosh olmoqda.

"Daily Mail" nashrida takidlanishicha, Bukayo Sakaning atrofidagi vaziyatni "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Bavariya" klublari ham kuzatib bormoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail