"Arsenal" Obameyangga o'rinbosar topdi

Alisher
17 dek 2021, 14:17
Londonning "Arsenal" klubi gabonlik markaziy hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.

Bundan oldinroq Obameyang "to'pchilar" tarkibida sardorlik bog'ichidan mahrum etilgani ma'lum bo'lgan edi.

Klub afrikalik futbolchiga o'rinbosar izlashni boshlab yuborgan. "Kanonirlar" short-listidan Dominik Kalvert-Lyuin ("Everton") va Jonatan Devide ("Lill") o'rin oldi.

Oldinroq, Obameyangning faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkinligi borasida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail