"Arsenal" muxlislari Vengerni hushtakbozlik bilan "siylashdi"

Narzulla Saydullayev
8 dek 2014, 13:25
"Arsenal" klubi muxlislari 18 yildan buyon jamoada bosh murabbiy bo'lib kelayotgan Arsen Vengyerdan juda ham norozilar.
Yaqinda muxlislar Vengerga atab banner tayyorlashgandi: "Arsen, barchasi uchun rahmat, xayr deyish vaqti keldi". Bu holat Angliya Premer-Liga doirasidagi "Vest Bromvich" bilan o'yinda kuzatilgandi.

Muxlislarning noroziligi safardagi "Stok Siti"ga qarshi o'yinda (2:3) ham davom etdi. "Arsenal" muxlislari uchrashuv yakunlangach Vengerni hushtakbozlik bilan "siylashdi".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru