

"Arsenal" jamoasi murabbiyi Albert Steyvenberg "Manchester Siti"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) borasida keskin fikr bildirdi.

"Ushbu o'yinning natijasidan hafsalamiz pir bo'ldi. Zo'r o'yin ko'rsatdik. Ammo yakunda 0 ochko bilan qoldik. Bu o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi.
"Siti" darvozasiga penalti qo'yilishi lozim edi. Men shunchaki qarorlardan mantiqiy izchillik, bog'liqlik kutgandim. Bizda VAR bor-ku. Nega hakam VAR orqali vaziyatni tekshirgani yo'q? Aynan shu barchamizni hafa qildi.
Umuman olganda, juda ajoyib o'yin ko'rsatdik. Martinelli hisob 1:1 bo'lib turgan paytda ajoyib imkoniyatga ega bo'lgandi. O'yinimizdan faxrlanamiz", – dedi Albert Steyvenberg.



