Arsenal Mbappeni sotib olomasa MYU hujumchisiga e'tibor qaratadi

Narzulla Saydullayev
25 iyun 2017, 09:05
Manchester Yunayted hujumchisi Antoni Marsyal Arsenal qiziqishiga sabab bo'ldi.

London klubi agar Monakodan Kilian Mbappeni sotib olomasa MYUda o'ynayotgan 21 yoshli francuz uchun 40 million funt taklif qilmoqchi.

Arsen Venger va Joze Mourinyo o'rtasidagi yomon munosabat tufayli Marsyal Arsenalga o'tmasligi mumkin.

O'tgan mavsumda futbolchi 25ta o'yinda maydonga tushib 4ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.

Ikki yil oldin MYU uni Monakodan 80 million evro evaziga sotib olgandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk