"Arsenal" hujumchisi 3 oyga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
7 dek 2022, 11:58
2022 yilgi Jahon chempionati London klubiga qimmatga tushdi.

Braziliyalik hujumchi Gabriel Jezus uchun Qatardagi Jahon chempionati muddatidan avval yakunlandi. U o'ng tizzasidan olgan jarohati tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan o'tkazishga majbur bo'ldi. Biroq Braziliya terma jamoasi uchun asosiy markaziy hujumchi rolini mundialda 3 ta gol urgan Risharlison a'lo darajada bajarmoqda.

APLda birinchi o'rin bilan tanaffusga chiqqan "Arsenal" esa bu haqda o'ylab ko'rishi kerak. Zero, ESPN xabariga ko'ra, Jezus operaciyadan so'ng 3 oy davomida tiklanishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN