"Arsenal" himoyachisi yangi mavsumning dastlabki haftalarini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2024, 13:11
Futbolchi jarohat olgan.

"Arsenal" himoyachisi Takexiro Tomiyasu yangi mavsumning ilk haftalarini o'tkazib yuboradi. Bu haqda "Evening Standard" nashri "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaga tayanib xabar bermoqda.



Futbolchi tizzasidan jarohatlandi. Mutaxassisning fikricha, tiklanish uchun bir necha hafta kerak bo'ladi.

Yaponiyalik "Arsenal"ning mavsumoldi turini o'tkazib yubordi. 25 yoshli fulbek o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 30 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard