"Arsenal" futbolchisi uchun to'rt klub kurashmoqda

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021, 18:51
"Arsenal" futbolchisi Lukas Torreyra katta ehtimol bilan faoliyatini boshqa davlatda davom ettiradi.

Ayni damda "Atletiko" tarkibida ijarada o'ynayotgan futbolchi ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Shu boisdan unga "Fiorentina", "Lacio", "Torino" va "Valensiya" kabi klublar takliflar bilan chiqmoqda. 24 yoshli futbolchi esa "Arsenal"ga kerak bo'lmayapti.

Yozilishicha, "Fiorentina" urugvaylik uchun kurashda favorit hisoblanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS