"Arsenal" bilan o'yinda "Siti" futbolchilari orasida dahshatli to'qnashuv ro'y berdi

18 iyun 2020, 02:58
Biroz avval yakuniga etgan bahsda Pep Gvardiola shogirdlari "to'pchilar"ni mag'lub etdi (3:0).

Mazkur o'yindagi eng achinarli vaziyat 80-daqiqada ro'y berdi. Shaharliklar himoyachisi Erik Garsiya "Arsenal" hujumini qaytarish chog'ida Ederson Moraes bilan to'qnashib ketdi. Ushbu epizoddan keyin maydonga qulagan futbolchi o'rnidan ko'tarilmadi. Dastlab, shifokorlar maydonga tushib unga birinchi tibbiy yordamni ko'rsatishdi. Keyin Garsiyani zambil yordamida maydon tashqarisiga olib chiqib ketishdi.

Ma'lumot uchun, 19 yoshli himoyachi joriy mavsum 7ta o'yinda maydonga tushgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia