“Arsenal” 119-daqiqada gol o'tkazib, Yevropa Ligasidan chiqib ketdi

28 fev 2020, 07:31
Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichi doirasida so'nggi o'yin ham yakuniga etdi.

Unda “Arsenal” o'z uyida “Olimpiakos” bilan bahsga kirishib, 1:2 hisobida yutqazdi. O'z maydonida o'tkazilgan gollar evaziga Arteta shogirdlari 1/8 final yo'llanmasidan quruq qoldi.

“Arsenal” Angliya – “Olimpiakos” Gretsiya 1:2 (0:0, 0:1, 0:0)

Gollar: 0:1 – 53 Sisse, 1:1 – 113 Obameyang, 1:2 – 119 El-Arabi.

Arsenal – Leno, Mustafi (Papastatopulos, 103), Belerin (Uillok, 84), David Luiz, Sebalos (Torreyra, 72), Jaka, O'zil, Pepe, Lyakazett (Martinelli, 105), Obameyang, Saka.

Olimpiakos – Joze Sa, Elabdellaui, Cimikas (Lovera, 114), Ba, Sisse, Buxalakis, Kamara, Randjelovich (Masuras, 77), Gilerme (Papadopulos, 117), Valbuena (Brunu Gashpar, 86), El-Arabi.

Ogohlantirishlar: Ba (20), Kamara (58).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia