APLda fevral oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar e'lon qilindi

Omonjon To`xtamirzayev
29 fev 2024, 19:45
Ro'yxatda 7 nafar futbolchi bor.

Angliya Premer-ligasi rasmiy saytida fevral oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga da'vogarlar ma'lum qilindi.


Fil Foden ("Manchester Siti") – 5 ta o'yinda 4 ta gol;

Joao Gomes ("Vulverxempton") – 5 ta o'yinda 2 ta gol va assist;

Paskal Gross ("Brayton") – 4 ta o'yinda gol va 4 ta assist;

Rasmus Xoylund ("Manchester Yunayted") – 4 ta o'yinda 5 ta gol va assist;

Rodrigo Muniz ("Fulxem") – 4 ta o'yinda 4 ta gol;

Bukayo Saka ("Arsenal") – 4 ta o'yinda 6 ta gol;

Olli Uotkins ("Aston Villa") – 4 ta o'yinda 4 ta gol va 2 ta assist.


4 martgacha davom etishi ko'zda tutilgan ovoz berish jarayonida muxlislar va ekspertlar ishtirok etishadi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: premierleague.com