"Real"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
20 mar 2026, 00:38
Federiko Valverde "Real"ning o'tgan oydagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Urugvaylik yarim himoyachi fevral oyi yakunlariga ko'ra o'tkazilgan so'rovnomada yetakchilik qildi va Vinisius Junior, Tibo Kurtua, Orelen Tchuameni va Eduardo Kamaving kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Valverde o'tgan oyda jamoaning 6 o'yinida qatnashib, 1 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: realmadrid.com