APL. Mauntning bitta goli "Chelsi"ga uchta ochko olib berdi

17 yanv 2021, 00:34
Angliya chempionatining 19-turi doirasidagi London derbisi yakunlandi.

"Fulxem" va "Chelsi" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv taqdirini "aristokratlar" yarim himoyachisi Meyson Maunt tomonidan 78-daqiqada urilgan gol hal qildi. O'yindagi eng muhim vaziyatlardan biri 44-daqiqada sodir bo'ldi - "Fulxem"ning 23 yoshli himoyachisi Entoni Robinson maydondan chetlatilti. 

Mazkur g'alabadan keyin ochkolari sonini 29 taga etkazib olgan Lempard shogirdlari vaqtincha muddatga 7-o'ringa ko'tarildi. Skott Parker boshchiligidagi "Fulxem" esa autsayderlar hududiga joylashgan → TURNIR JADVALI

Fulxem – Chelsi 0:1

16 yanvar, 22.30, "Kreyven Kottedj"

Gol:

0:1 – 78 Maunt.

Fulxem – Areolya, Robinson, Adarabioyo, Ayna (Brayen, 83), Tete, Dekordova-Rid (Kamara, 83), Rid, Lukman, Zambo-Angissa, Kavaleyru (Onoma, 79), Andersen.

Chelsi – Mendi, Tiago Silva, Aspilikueta, Ryudiger, Chiluell, Kovachich, Jorjino (Abraxam, 65), Ziesh (Xadson-Odoi, 75), Maunt, Pulishich, Jiru (Verner, 75).

Ogohlantirishlar:

Dekordova-Rid (69), Ziesh (72), Tiago Silva (82), Lukman (88), Aspilikueta (90).

Chetlatish:

Robinson (44).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia