

Ushbu tur o'yinlari doirasida "Chelsi" "Aston Villa" bilan o'ynadi. Londonliklar ushbu uchrashuvda raqib darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishdi. Romelu Lukaku esa dubl qayd etishga erishdi.
"Chelsi" – "Aston Villa" 3:0
11 sentyabr, 21.30, Stemford Bridj
Gollar: 1:0 – 15 Lukaku, 2:0 – 49 Kovachich, 3:0 – 90 Lukaku.
"Chelsi" – Mendi, Tiago Silva, Ryudiger, Chaloba, Alonso, Kovachich, Saul (Jorjino, 46), Ziesh, Xavertc (Aspilikueta, 64), Xadson-Odoi (Verner, 82), Lukaku.
"Aston Villa" – Stir, Mingz, Tuanzebe, Konsa, Targett, Makginn, Duglas Luis (Nakamba, 80), Remzi (Beyli, 56), Kesh, Ingz (Traore, 69), Uotkins.
Ogohlantirishlar: Remzi (8), Mingz (28), Alonso (61), Targett (90), Makginn (90).






