APL. Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun 4 nomzod ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
8 may 2021, 00:15
APL matbuot xizmati aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lish uchun nomzodlarni ma'lum qildi.

Unga ko'ra, ushbu etirof uchun Ole-Gunnar Sulsher ("Manchester Yunayted"), Marselo Belsa ("Lids"), Sem Ellardays ("Vest Bromvich") va Stiv Bryus ("Nyukasl") kabi murabbiylar kurash olib boradi.

Qayd etish kerak, Sulsher o'tgan oyda 4 o'yinda 3 g'alaba va 1 durang qayd etgan bo'lsa, Belsaning "Lids"i 2 g'alaba va 2 durang qayd etdi.

Ellardays esa ketma-ket "Chelsi" va "Sautgempton"ni mag'lub etdi. Bryusning "Nyukasl"i 2 g'alaba va 2 durangni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Mart oyida Tomas Tuxel eng yaxshi murabbiy bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/premierleague