Anzur Ismoilov: "O'z xatoimiz tufayli gol o'tkazib yubordik"

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2015, 17:19
Janubiy Koreya - O'zbekiston (2:0) uchrashuvidan so'ng Anzur Ismoilov mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.
- Qiyin o'yin namoyish etdinglar, yigitlar matonat ko'rsatishdi. Umuman bahs haqida fikringiz?
- Juda qiyin uchrashuv bo'ldi, bizda vaziyatlar bo'ldi. Ikkita juda yaxshi imkoniyat bo'ldi, agar gol urganimizda umuman boshqacha o'yin bo'larmidi...O'zimizning xatoimiz tufayli gol qo'yib yubordik. Lekin 90 daqiqada yaxshi o'ynadik.

- Qo'shimcha vaqtda O'zbekistonga nima yetishmadi?
- Menimcha bizga kuchga to'la o'yinchi yetishmadi. O'yinni o'z qo'liga oladigan futbolchi bo'lmadi.

- O'z o'yiningizdan ko'ngilingiz to'ldimi?
- Jamoa mag'lub bo'ldi, shu bois ko'nglim to'lmadi. Afsuski yutishimiz kerak bo'lgan bahsda mag'lub bo'ldik.

- Odil Ahmedovning ahvoli qanday? Yigitlar mag'lubiyatni qanday qabul qilib olishdi?
- Barchamiz g'alaba uchun tushgandik. 90 daqiqa jang qildik, lekin birinchi golni sovg'a qilganimizdan so'ng ruhan sinib qoldik.

- Shunday bo'lsa ham jamoaga yaxshi o'yin uchun rahmat aytamiz. Muxlislarga so'nggi tilaklaringiz?
- Barchaga rahmat. Xudo xohlasa keyingi musobaqalarda bundan ham yaxshiroq ishtirok etishga urinamiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia