Anxel Di Mariya: Messiga jahon chempioni bo'lishiga yordam berishni xohlayman

17 yanv 2018, 07:05
“PSJ” yarim himoyachisi Rossiyada bo'lib o'tadigan JCHdan oldingi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Messi tarkibimizda bo'lgani uchun ham Argentina favoritlar safida. Boshqa jamolar, masalan, Fransiya, Ispaniya ham yuqori saviyada. Messiga butun boshli faoliyatida yetishmayotgan titulni yutib olishiga ko'maklashmoqchiman. Messi allaqachon buyuk futbolchi ekanligini isbotlab bo'lgan. Jahon chempionligi buning yana bir bor tasdig'i bo'ladi, ammo Leo busiz ham eng yaxshi o'yinchi bo'lib qoladi”, - deydi Anxel



O'xshash yangiliklar


Manba: ФИФА расмий сайти