Angliya kubogi. Jiru ilk golini urgan o'yinda “Chelsi” g'alaba qozondi va keyingi bosqichga chiqdi

17 fev 2018, 07:07
Angliya kubogi 1/8 bosqichi doirasida “Chelsi” o'z maydonida “Xall Siti”ni qabul qildi.

Unda mezbonlar 4:0 hisobidagi g'alabani tantana qildi. O'yin taqdiri birinchi bo'limning o'zida hal etildi. Villian dublga erishgan bo'lsa, Pedro va Jiru bittadan gol urishga erishdi. Takidlash o'rinli Olive Jiru “Chelsi” safida ilk golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa “Chelsi” 1/4 bosqichiga yo'l oldi.

“Chelsi” – “Xall Siti” 4:0.

Gollar: Villian, 2 (1:0); Pedro, 27 (2:0); Villian, 32 (3:0); Jiru, 42 (4:0).

Amalga oshirilmagan penalti: Meyler, 51. (Xall Siti)

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia