

Takidlash joiz, hali bir nechta jamoa ushbu bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritmagan. Ayrim o'yinlarda durang natija qayd etilgani bois, javob uchrashuvlari o'tkaziladi.
E'tiborlisi, “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Lester” klublari nimchorak finalga chiqish uchun Chempionship jamoalarini mag'lub etishlari kerak bo'ladi.

“Manchester Siti” klubi “Bolton” - “Kristal Pelas” uchrashuvi g'olibi bilan to'qnash keladi. “Tottenxem” esa to'rtinchi divizion vakili “Uikomb” qarshiligini sindirishga urinib ko'radi.




