Andijonda viloyat kubogi g'olibi aniqlandi FOTO

Narzulla Saydullayev
7 noya 2018, 16:30
5 noyabr kuni Andijon shahridagi Sho'rbuloq dahasida joylashgan bolalar va o'smirlar futbol akademiyasi o'yingohida ikkinchi tabaqa havaskor jamoalari o'rtasidagi viloyat kubogi musobaqalarining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Andijon viloyatining 14 jamoasi ishtirok etgan musobaqaning  final uchrashuvida “UzTonxongKo” hamda Andijon futbol akademiyasi jamoasi o'zaro kuch sinashdilar va yakunda  “UzTonxongKo”  jamoasi 4:2 hisobida yosh futbolchilar ustidan g'alaba qozondi.
Uchrashuvdan so'ng  bo'lib o'tgan tantanali taqdirlash marosimida g'olib jamoaga viloyat kubogi topshirildi.

Viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i O'tkirbek Toshpo'latov g'olib sovrindorni qutlab, esdalik sovg'alari topshirdilar.

Elmurod Ermatov



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia