“Andijon” ertaga yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiradi

Narzulla Saydullayev
3 apr 2018, 16:58
2018 yilgi O'zbekiston PRO-Ligasida ishtirok etuvchi “Andijon” futbol klubi yangi mavsumga astoydil tayyorgarlik ko'rdi.

Jamoa tarkibida e'tiborga molik o'zgarishlar amalga oshirildi.

Shu bois yangi mavsum oldidan har yili ananaviy tarzda o'tkazilib kelinadigan, yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimini 2018 yil 4 aprel, chorshanba kuni soat 11:00da Viloyat kasaba uyushma tashkilotlar Birlashmasi majlislar zalida o'tkazish belgilandi.

Mazkur taqdimot marosimiga ommaviy axborot vositalari va futbol ishqibozlarini taklif etib qolamiz.

Mo'ljal: Milliy bank, Andijon shahar soliq inspeksiyasi binosi ro'parasida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати