Superliga: "Andijon" 6 ta bahsdan beri g'alaba nimaligini bilmayapti

Iskandarov Abdulaziz
8 noya 2026, 08:20
"Andijon" uchun joriy mavsum oson o'tayotgani yo'q.

Kecha Superliganing 27-turi doirasida "Lokomotiv" bilan kechgan bahs "temiryo'lchilar"ning g'alabasi bilan yakunlandi. Endilikda andijonliklar uchun inqiroz yana chuqurlashdi - bu mag'lubiyat jamoaning chempionatdagi g'alabasiz seriyasini naq oltita uchrashuvga yetishiga sabab bo'ldi. So'nggi oylarda “burgutlar” muxlislarini uch ochko quvonchi bilan xushnud eta olmayapti.

Ma'lumot uchun, "Andijon" navbatdagi tur bahsini 19 noyabr kuni safarda “Surxon” klubiga qarshi o'tkazishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia