Anchelotti: "Robben "Gerta" bilan 30-45 daqiqa o'ynay oladi deb o'ylayman"

Aslanov Jasurbek
21 sen 2016, 12:10
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi Aren Robben "Gerta"ga qarshi Bundesliganing 4-tur uchrashuvi qaydnomasiga kiritiladi.

"Robben maydonga chiqishga tayyor, ammo "Gerta"ga qarshi bahsni zaxira o'rindig'ida boshlaydi. "Gerta" bilan uchrashuvda u 30-45 daqiqa o'ynay oladi deb o'ylayman" - deydi italiyalik mutaxassis.

32 yoshli Robben iyul oyidan beri maydonga tushgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: tz.de