Anchelotti g'alabadan so'ng: "Muhit YCHL o'yinlari kabi edi, "Real" uyaltirmadi"

Aziz Tukhtamuradov
17 okt 2022, 07:53
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi bo'limda biz yaxshiroq, sovuqqonlik bilan va samarali o'ynadik. "Barselona" pressing qilishni yaxshi ko'radi, ammo biz hujumlarni o'z darvozamiz tomondan boshladik. Himoyada yaxshi o'ynadik, jamoa bo'sh zonalar qoldirmay, bor e'tiborini o'yinga qaratdi. Birinchi bo'lim muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 

Muxlislar doimo biz bilan birga bo'lishdi, ammo o'tgan mavsum bizni yanada bir-birimizga yaqinlashtirdi. O'yin kechki payt o'tkazilmadi, ammo muhit Chempionlar ligasi oqshomlaridek edi. Jamoa ham uyaltirmadi", - dedi Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca