Alvaro Arbeloa: "Men shu yo'l orqali futbolchilarning sadoqatini ko'rmoqchiman"

Mirjalol Normatov
23 yanv 2026, 20:32
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa bir necha futbolchilar o'z poziciyalarida o'ynamayotgani haqida gapirdi.

"Futbolchilar yordamga tayyorlar. Ular jamoani o'zlaridan yuqori ko'rishmoqda.

Men nimani ko'rishni istayman, aytaymi: futbolchilarning sadoqati va jamoa uchun o'ynashga tayyorlik. Futbolchilar universal va aqlbovar qilmas qobiliyatga ega bo'lishlari kerak. Ularda iqtidor bor va shu orqali bir necha poziciyada o'ynay olishadi.

Ularga yordam berishga harakat qilyapman. O'tmish haqida gapirib, ulardan baxtlimisiz, deb so'ramoqchi emasman. Ular men bilan ishlashga tayyor va meni yaxshi kutib olishdi", - dedi Arbeloa.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As