

Turinliklar guruh bosqichining 5-turida mehmonda "Benfika"ga (3:4) imkoniyatni boy berib, 1/8 finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'lishdi.
"Bu o'yinga noto'g'ri yondashuvdan ham ko'proq narsa edi. Birinchi bo'limda himoyada juda zaif harakat qildik.
Chempionlar Ligasidan chiqib ketganimizdan hafsalamiz pir bo'ldi. Endi bor e'tiborimizni A Seriya va PSJga qarshi o'yinga qaratishimiz kerak, chunki hech bo'lmaganda Yevropa Ligasiga chiqishimiz kerak.
Mavsumning birinchi qismi "Yuventus" uchun yaxshi bo'lmadi. Biz Chempionlar Ligasidan chiqib ketdik va Italiya chempionatida ortda boryapmiz. Bunga javob berishimiz zarur.
Bugun juda ko'p xatolarga yo'l qo'ydik, lekin endi bu haqda gapirishdan foyda yo'q.
Yosh yigitlar uchun xursandman, ularning barchasi kuch-g'ayrat va texnik mahoratini ishga solib o'ynashdi – o'yinning ma'lum qismida bu bizga zarur edi", – dedi "Yuve" bosh murabbiyi.
"H" guruxidagi holat




