Aleksandr Mochinov O'zbekiston U-19 bosh murabbiyi bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 mar 2017, 11:58
1999 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat yangi jamoa tuzildi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi 2018 yil bo'lib o'tadigan U-19 Osiyo chempionatiga chiqish uchun kurash olib boradi. Hozircha qita birinchiligi qaysi mamlakatda bo'lib o'tishi ma'lum emas.

2017 yil 21 aprel kuni musobaqaning saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi o'tgan musobaqadagi ishtiroki tufayli qur'a jarayonida birinchi savatchadan joy oladi. Ushbu savatchada G'arb mintaqasida Saudiya Arabistoni, Iroq, Eron va Bahrayn jamoalari ham bor. Saralash bahslari Sharq va G'arb mintaqasiga bo'lingan holda o'tkaziladi. Yani saralash bahslarida O'zbekiston Sharqiy Osiyo jamoalari bilan to'qnash kelmaydi.

Aleksandr Mochinov o'z vaqtida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bilan ishlagan. Murabbiy o'tgan yil bir muddat "Obod"ni boshqardi. Bu yildan "Paxtakor" klubida ish boshlagandi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia