Alaba PSJ prezidenti bilan suhbatlashdi. Parijliklar yarim himoya markazidan joy kafolatlashmoqda, "Real" esa yo'q

Omonjon To`xtamirzayev
2 mar 2021, 11:32
Himoyachi David Alaba faoliyatini qayerda davom ettirishi hamon noaniqligicha qolmoqda.

Avvalroq futbolchi mavsum yakunlangach "Bavariya"ni tark etishini e'lon qilgandi.

PSJ futbolchiga aniq taklif bilan chiqib ulgurdi. Shuningdek, Alaba anchadan buyon ushbu futbolchini Fransiyaga olib kelmoqchi bo'lib yurgan PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi bilan suhbatlashdi. 

PSJ Alabaga yarim himoya markazida joy kafolatlamoqda. Futbolchiga qiziqayotgan yana bir klub "Real Madrid" esa bunday variant taklif qila olmaydi, sababi ushbu nuqtada Kazemiro, Toni Kroos va boshqa bir qator futbolchilar mavjud.

Ushbu mavsum Alaba "Bavariya" safida Bundesliganing 22 uchrashuvida maydonga tushdi va 2 ta gol, 1 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru