"Al Nassr" Koman uchun "Bavariya"ga 30 million evro taklif qilishga tayyor

Alisher Ostonov
9 avg 2025, 20:30
"Al Nassr" "Bavariya" hujumchisi Kingsli Komanning transferini rasmiylashtirmoqchi, deya xabar bermoqda jurnalist Florian Plettenberg.

Uning ma'lumotiga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi 29 yoshli francuz uchun 30 million evro to'lashga tayyor. Futbolchining o'ziga yiliga 20-25 million evro maoshli shartnoma taklif qilishlari mumkin.

Komanning "Bavariya" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. U myunxenliklar safida 339 ta o'yinda maydonga tushib, 72 ta gol urgan va 71 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sky Sports