Yana bir TOP futbolchi "Al Nassr"ga o'tishga rozilik berdi

Khoja
11 avg 2025, 08:15
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman "Al Nassr"ga o'tishga tayyor.

Fransiyalik yarim himoyachi Saudiya chempionatiga borishga rozilik berdi. "Al Nassr" esa "Bavariya"ga vinger uchun 50 million evro to'laydi.

Futbolchining o'ziga yiliga 20-25 million evro maosh to'laydi.

Komanning "Bavariya" bilan shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. U myunxenliklar safida 339 ta o'yinda maydonga tushib, 72 ta gol urgan va 71 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com