"Al Hilol"ga qarshi bahs Namangandagi stadionda monitor orqali namoyish qilinmaydigan bo'ldi – "Navbahor" PFK

Administrator
17 sen 2023, 19:44
"Navbahor" klubi matbuot xizmati rejalar biroz o'zgarganini rasman ma'lum qildi.

Biroz avval, klub "Al Hilol"ga qarshi o'yin Namangandagi stadionda monitor orqali namoyish qilinishini ma'lum qilgandi. Biroq, bazi muammolar sabab uchrashuv monitor orqali namoyish qilinmaydigan bo'ldi. 

"Avvalroq, klubimizning rasmiy telegram kanali orqali jamoamizning ertaga “Al-Hilol”ga qarshi kechadigan bahsini “Markaziy” stadionidagi katta monitorda jonli efirda namoyish etish rejalashtirilayotgani va bu borada ishlar olib borilayotgani to'g'risida xabar berilgandi.   

Ammo, uchrashuv videoyozuvini Saudiya Arabistonidan olishda qiyinchiliklar yuz berishi, o'yin translyatsiyasi borasida ayrim texnik muammolar yuzaga kelganligi, qolaversa, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da namoyish etilishi, bu esa ko'pchilik muxlislarga qiyinchilik tug'dirishini inobatga olgan holda, mazkur o'yin “Markaziy” stadionidagi katta monitorda jonli efirda namoyish etilmaydigan bo'ldi", -deyiladi "Navbahor" PFK bergan bayonotda.

Eslatib o'tamiz, “Al-Hilol” – “Navbahor” o'yini ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da start oladi.

"Al Hilol" – "Navbahor" o'yini Namangandagi stadionda monitor orqali namoyish qilinadi

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: "Навбаҳор" ПФК матбуот хизмати