Aka-uka Fekirlar "Betis" bilan muzokaralar o'tkazish uchun Ispaniyaga kelishdi
Eldor Akmurzayev
22 iyul 2019, 22:35
Lionning asosiy jamoasi yarim himoyachisi Nabil Fekir va sherlarning yoshlar klubi vakili Yosin Fekir transfer bo'yicha Betis bilan muzokaralar o'tkazish uchun Sevilya shahriga kelishdi, deya xabar beradi InformaBetis.
Manbaga ko'ra, Fekirlarning kattasi, yani, 26 yoshli Nabil LaLiga vakili bilan 5 yillik kelishuvga erishgan bo'lib, uning transfer summasi 25 mln evroga baholanmoqda. Yosinning transferi bo'yicha tafsilotlar esa hozircha ma'lum emas.