Agent: "Immobile - Yevropaning eng kuchli forvardi"

Alisher
4 fev 2020, 11:34
"Lacio" hujumchisi Chiro Immobilening agenti Alessandro Moggi mijozining istedodini yuqori baholadi.

Chiro joriy mavsum A Seriya to'purarlar ro'yxatini boshqarmoqda. U chempionat doirasidagi 21ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol urishga erishdi.

"Immobile - hozirgi paytda Yevropaning eng kuchli forvardi. "Lacio" shubhasiz Italiyaning eng kuchli jamoalari ro'yxatida borishga loyiq. Ular so'nggi yillarda katta ishlarni bajarishdi. Ular Skudetto uchun kurashadigan raqobatbardosh jamoa yaratishdi", - deydi Moggi.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi o'yinchisi "Lacio"ga 2016 yilda Dortmundning "Borussiya" klubidan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: tuttomercatoweb.com