Afrika millatlar kubogi-2017. Final bosqichiga chiqqan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2016, 08:14
2017 yilgi Afrika millatlar kubogi musobaqasida ishtirok etuvchi barcha jamoalar aniqlandi.

Qita chempionatida Gabon (mezbon), Jazoir, Burkina-Faso, Gana, Gvineya-Bisau, DR Kongo, Misr, Zimbabve, Kamerun, Kot-d’Ivuar, Mali, Marokash, Senegal, Tunis, Togo va Uganda terma jamoalari ishtirok etadi.

Musobaqa 2017 yilning 21 yanvaridan 12 fevraliga qadar bo'lib o'tadi. Amaldagi chempion - Kot-d’Ivuar terma jamoasi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/CAF_Online