Xayrulla Hamidov: "Qizil bermaslik uchun hakamlarda hech qanaqa talqin yo'q edi"

Sherzod Nurmatov
30 okt 2025, 12:54
O'zbekiston Kubogi finali doirasidagi "Paxtakor" – "Buxoro" (1:0) uchrashuviga oid munozaralar davom etadi.

Bu gal taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidovning fikrlarini e'tiboringizga havola etamiz. 

"Qizil bermaslik uchun hakamlarda hech qanaqa talqin yo'q edi, buni-ku bilardik. Lekin kubok yo'lida kamida "Paxtakor"dan og'ir yo'lni sharaf bilan bosib o'tgan "Buxoro"ni nima bilan ovutisharkan, hayronmiz. 

Yomon tomoni, xato inson faktori bo'lishi mumkin, lekin aksar odam butkul boshqacha talqin qiladi. Alam qiladigani g'olib jamoaga. Ko'ngildagidek nishonlay olmaydi ham. Eh…", – dedi Xayrulla Hamidov.

Avvalroq bahsni sharhlab borgan Otabek Jo'raev bahs xususida fikrlarini bildirgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia