"Manchester Siti" Kambyazo uchun 65 mln evro taklif qilmoqchi
Sherzod Nurmatov
24 yanv 2025
Manbaga ko'ra, "Yuventus" hali himoyachi Andrea Kambyazo bo'yicha rasmiy transfer taklifini olmagan, ammo "Manchester Siti" tez orada taklif bilan chiqadi.
"Manchester Siti" 24 yoshli futbolchi uchun 65 mln evro taklif etishi kutilmoqda. Shu o'rinda, "byankoneri" uni 80 mln evroga baholamoqda.
Kambyazo joriy mavsum A Seriyaning 20 ta o'yinida 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.