"Arsenal" himoyachisi Italiyaga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2024, 12:47
A Seriyaning uchta klubi Yakub Kivyorga qiziqish bildirmoqda.

Angliyaning "Arsenal" jamoasi himoyachisi Yakub Kivyor Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin, deya xabar berdi Nikolo Skira.

24 yoshli Kivyorga "Napoli", "Milan" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" himoyachi uchun 22 million evro talab qilmoqda. Kivyorning o'zi bu transferga rozi, chunki uning "Arsenal"da o'yin tajribasi etarli emas.

Yakub Kivyor joriy mavsum "Arsenal" safida 30 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira