

39 yoshli golkiper Superligada 20ta uchrashuvda maydonga chiqib, ulardan 6tasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Ignatiy Nesterov ayni paytda O'zbekiston chempionatlaridagi 493-o'yinini ham o'tkazishga ulgurdi. Bu faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.

Umumiy ro'yxatda esa Nesterovdan yuqorida faqatgina 2 kishi bor: Anvar Berdiev (505) bilan Asror Aliqulov (520).



