Shomurodov “Jenoa”da 9 emas, boshqa raqamda o'ynaydi. Bunga sabab nima?

Eldor Akmurzayev
7 okt 2020
Avvalroq, “Jenoa” a'zosiga aylangan Eldor Shomurodovning yangi jamoasida 9-raqam ostida o'ynashi xabar qilingandi.

Biroq, ushbu raqamni "Sassuolo"dan ijara asosida genuyaliklar safiga o'tgan Janluka Skamakka olgani ma'lum bo'ldi.

Shomurodov esa “Jenoa”da 61-sonli futbolkada harakat qiladi. Buni “Rostov” matbuot xizmati quyidagicha izohladi.

“Rostov”ning abadiy muxlisi bo'lib qolaman", deya Eldor Shomurodov klubimiz bilan xayrlashdi. Endi esa u bizni unutmagan holda Genuyada o'ziga raqam tanladi.

“61” – Rostov viloyatining mintaqaviy raqamli kodi hisoblanadi. Eldor aynan mazkur raqam ostida yangi jamoasida harakat qiladi”, deb yozilgan klubning Telegram'dagi rasmiy sahifasiga.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/fcrostov_official