23-sonli Mehribonlik uyida "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan musobaqa boshlandi

Narzulla Saydullayev
23 mar 2017, 11:48
Kecha Toshkent shahridagi 23-sonli Mehribonlik uyida "Navro'z" bayramiga bag'ishlangan musobaqa boshlandi.

2001-2002 yilda tug'ilgan yosh futbolchilar o'rtasidagi mini-futbol bo'yicha musobaqada "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Paxtakor", "Spartak", "Chelano" va 23-sonli mehribonlik uyinig "FKDM-23" jamoalari ishtirok etishmoqda.

Musobaqada jamoalar ikki guruhga bo'lingan holda kurash olib borishadi:
"A" guruhi
FKDM-23
Bunyodkor
Lokomotiv

"B" guruhi
Paxtakor
Spartak
Chelano


Turnirning birinchi kuni qiziqarli bahslarga boy bo'ldi. Birinchi kungi natijalari bilan tanishtiramiz:
FKDM-23 - Bunyodkor 14:1
Spartak - Paxtakor 7:4
Bunyodkor - Lokomotiv 5:4
Paxtakor - Chelano 10:7


Turnirnig birinchi kunida FKDM-23 jamoasi a'zosi Karaxanyan Ruslan eng yaxshi o'yinchi deb topildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia