Bu fakt. Oxirgi ikki turda "Paxtakor"ning ikkita toza goli hisobga olinmadi VIDEO

Narzulla Saydullayev
24 sen 2018
Superliganing 23 va 24-turlarida "Paxtakor" hakamlardan jabr chekdi.

23-turdan o'rin olgan "Navbahor"ga qarshi safardagi o'yinning ikkinchi bo'limida Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar Masharipovning golini o'yindan tashqari holat deb topib inobatga olishmadi. O'sha o'yinda 3:3 hisobi qayd etildi va hakamning xatosi natijaga ta’sir qildi.


"Navbahor" - "Paxtakor" 3:3. Masharipovning urgan goli

TAS-IX

 


TAS-IX emas




24-turdan o'rin olgan "Buxoro"ga qarshi Toshkentdagi o'yinning birinchi bo'limida Valentin Kovalenko boshchiligidagi hakamlar Dragan Cheranning golini o'yindan tashqari holat deb topib inobatga olishmadi. Bu uchrashuvda "Paxtakor" 2:1 hisobida g'olib bo'ldi va hakamning xatosi natijaga ta’sir qilmadi. 


TAS-IX 

 


TAS-IX emas



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia