

Mazkur o'yin oldidan 10 iyun dushanba kuni "Milliy" stadionda ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Dastlab, soat 17:30da mehmonlar bosh murabbiyi jurnalistlar savollariga javob beradi. Keyin soat 18:00da Suriya terma jamoasining o'yinoldi mashg'uloti o'tkaziladi. Soat 18:30da esa O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot anjumani boshlanadi. Soat 19:00da esa O'zbekiston milliy terma jamoasining mashg'uloti bo'lib o'tadi.
Barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlarini matbuot anjumaniga taklif etamiz.



