Zinedin Zidan: “Napoli” maydonida o'ynash hech bir raqibga oson emas”

Aslanov Jasurbek
7 mar 2017, 01:25
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan “Napoli”ga qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Qaysi bosqichda bo'lishidan qatiy nazar, YCHLning barcha o'yinlari qiyin kechadi. “Napoli” juda kam mag'lub bo'ladigan, umuman mag'lubiyatni yomon ko'radigan jamoalar sirasiga kiradi.

Neapol stadionidagi muhitning qanday bo'lishini hozirdan tasavvur qilyapman. Futbolchilik davrimdan buni juda yaxshi bilaman. Bu stadionda raqib jamoalar uchun o'ynash oson kechmaydi”, - dedi Zidan UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif