"Yuventus"ning ikki futbolchisi "Monca"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
14 sen 2022, 15:17
Va Allegri ham.

"Yuventus" yarim himoyachisi Xuan Kuadrado va hujumchi Arkadiush Milik Italiya chempionatining 7-turidan o'rin olgan "Monca" bilan bahsda maydonga tushmaydi. "Byankoneri" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham uchrashuvda qatnashmaydi, deb xabar berdi "Corriere dello Sport".

Kuadrado, Milik va Allegri "Salernitana"ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi. Ularning barchasi A Seriyada 1 turga diskvalifikaciya qilingan.

"Monca" – "Yuventus" uchrashuvi 18 sentyabr, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. Boshlanish vaqti – Toshkent vaqti bilan 18:00 da.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport