"Yuventus" "o'z uslubi"da "Chelsi" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Mirjalol Normatov
6 okt 2019, 14:14
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian Italiya chempionatida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Braziliyalikning xizmatlariga "Yuventus" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda. Ular yaqin vaqtlarda muzokara o'tkazib, futbolchi bilan kelishuvga erishib qo'ymoqchi. Kelasi yili yozda uning "Chelsi" bilan shartnomasi yakunlanadi va erkin agent sifatida "keksa sinoralar" a'zosiga aylanishi mumkin.

"Yuventus" top-futbolchilarni erkin agent sifatida o'z tarkibiga qo'shib olayotgan top-klublardan biri bo'lib turibdi. Bunga qadar turinliklar shu tariqa Remzi, Rabo, Jan, Dani Alves, Xedira, Koman, Pirlo, Kannavaro kabi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express