"Yuventus" futbolchisi Fransiyaga qaytishi mumkin

Alisher
20 iyul 2019, 12:04
"Yuventus" yarim himoyachisi Blez Matyuidiga "Monako" klubi qiziqmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Monako" futbolchini Fransiya chempionatiga qaytarish uchun 25 million evrodan kechishga tayyor.

Matyuidi "Yuventus"dan oldin PSJ klubida o'ynagan.

Futbolchining o'zi ham "Yuventus" bilan xayrlashishga qarshi emas. Chunki turinliklar bu chiziqning o'ziga ikkita futbolchi olishdi. Bular Aaron Remzi va Adrien Rabolardir.

Fransiyalik futbolchi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 45ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia