"Yuventus" "Bavariya"ning Keza bo'yicha taklifiga rad javobini berdi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2021, 21:25
Myunxen klubi o'z tarkibini "Yuventus" qanot yarim himoyachisi Federiko Keza bilan kuchaytirish istagida.

Jurnalist Fabricio Romano xabariga ko'ra, "Bavariya" 23 yoshli futbolchi masalasida taklif bilan chiqqan, ammo rad javobini olgan.

"Keksa sinora" italiyalik vingerni ushbu yozda aslo sotmoqchi emas.

Keza o'tgan mavsumda "Yuventus" uchun 46 o'yinda qatnashib, 15 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma qayd etdi. Uning transfer narxi – 60 millionov evro.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano